Bu qiziq

Bo‘g‘imlarni mustahkamlashda qaysi mahsulotlar yordam beradi?

Parhezshunosning ta’kidlashicha, bo‘g‘im kasalliklarining asosiy sababi - bu noto‘g‘ri ovqatlanish.
Sputnik
Parhezshunos Svetlana Fus kalsiyaga boy mahsulotlar iste’mol qilishni tavsiya qildi. Kalsiy tanqisligida organizm suyak to‘qimalardan minerallarini “o‘g‘irlaydi”. Bu esa osteoporoz kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
“Bolaligimizdan bilamizki, sut mahsulotlari - kalsiy manbai”, - deydi mutaxassis. Biroq, sut mahsulotlarini suiste’mol qilmagan ma’qul. Har kungi iste’mol ratsionida uning miqdori aniq bo‘lishi kerak. Kalsiy boshqa mahsulotlarda ham bor. Biroq shu bilan birgalikda salomatlik uchun D, S vitaminlari, fosfor, magniy va yana boshqa ko‘plab mikroelementlar kerak.
Shifokor selen va oltingugurtga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qildi. Selen bo‘g‘imlar oziqlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Braziliya yong‘og‘i, baliq (sardina, losos, seld), sarimsoqpiyoz, tuxum, kurka va tovuq go‘shti, mol jigari, qo‘ziqorin, tvorog va boshoqli mahsulotlar tarkibida bor.
Barcha turdagi go‘sht, shuningdek sut va dukkakli oziq-ovqatlar va tuxumda oltingugurt foydali moddasi mavjud.
D vitamini esa suyak to‘qimalarining yaxshi o‘sishiga va tishlar mustahkamligiga yordam beradi. “D vitaminini tuxum sarig‘i, sariyog‘ kabi mahsulotlaridan olsa bo‘ladi. Biroq, vitaminning asosiy miqdorini quyosh nurlaridan olamiz”, - deydi parhezshunos.
Mutaxassisning ta’qidlashicha, S vitamini kollagen sintezi uchun zarur. Kollagen teri, bo‘g‘imlar va suyaklarga ta’sir qiladi. Sitrus mevalari, tuzlangan karam, rezavorlar hamda qalampir va kivida S vitamini ko‘p.