TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Rossiyaning "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i 28-fevral va 7-mart oralig‘ida faollik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda VK.
Xususan, tarmoqning "Kliplar" bo‘limiga videolavhalar yuklash va ularni tomosha qilish so‘nggi hafta mobaynida ikki barobar oshgan. Undan tashqari, foydalanuvchilarning boshqa platformalardan ommaviy ravishda "VKontakte"ga o‘tishi va kontent yaratuvchilar faolligi oshishi kuzatilmoqda.
Bugungi vaziyatda ijobiy emotsiyalar bilan o‘zaro almashish juda muhim. Biz yangi foydalanuvchilarimizni olqishlaymiz. Biz o‘z platformalarimizda mukofot fondi 100 mln. rubl bo‘lgan yangi, yorqin faolliklarni boshlamoqdamiz, deyilgan kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamz, Rossiya tomonidan DXR va LXR tan olingani va Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy, moliyaviy va boshqa qator sanksiyalar kiritdi. Undan tashqari ayrim kompaniyalar Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.
Shuningdek, Facebook va Google kabi yirik kompaniyalar Ukrainadagi voqealarni yoritishda noto‘g‘ri ma’lumot va feyklar tarqatiladigan maydonga aylandi. Rossiya nazorat organlarining ko‘plab ogohlantirishiga qarmasdan IT-gigantlar ularni bajarmadi. Shundan so‘ng Roskomnadzor 4-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ini bloklab qo‘yganini e’lon qildi.