TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida 5-mart kuni bir oilada birdaniga 4 farzand dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
- IIO FMB profilaktika inspektori leytenant Xudoyberdiyev Behruz Nurali o‘g‘li uchun unutilmas kunga aylandi. Shu kuni Behruzning rafiqasi Kamola 4 nafar farzandni dunyoga keltirdi. Uch o‘g‘il va bir qiz. Toshkent shahar IIBB nomidan Xudoyberdiyevlar oilasini baxtli kun bilan muborakbod etamiz, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda birdaniga uch yoki to‘rt nafar farzand dunyoga keltirish holatlari uchrab turadi. Xususan, 2020-yilning iyul oyida Namangan viloyati Poptumanida yashovchi Madinaxon Ikromova 4 o‘g‘illi bo‘lgan edi. Yoki 2016-yilning fevral oiyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi Ketebayevlar oilasida birdaniga 3 farzand dunyoga kelgan edi.
Birdaniga eng ko‘p farzand ko‘rish bo‘yicha jahon rekordi Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasida yashovchi 37 yoshli Gosiame Tamara Sitolega tegishdi. Ushbu ayol 2021-yilning iyun oyida 7 nafar o‘g‘il va 3 qizni dunyoga keltirgan edi.