TOShKENT, 7 mar - Sputnik. O‘zbekistonda "Mir" kartalarini qabul qilish qayta tiklandi, deb xabar qildi Uzcard matbuot xizmati.
"Texnik ishlar yakunlangani munosabati bilan, 07.03.2022 y. dan UZCARD TT hamkor banklarining barcha qurilmalari orqali, jumladan, POS-terminallar, bankomatlar va infokioskalar tomonidan "Mir" to‘lov tizimining kartalari qabuli qayta tiklandi. Barcha xizmatlar odatdagidek amalga oshirilmoqda", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, "UZCARD-Mir" kobeyj kartalari xorijda MTKTning ishtirokchi banklari ekvayring tarmog‘ida qabul qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin UZCARD "Mir" kartalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Kompaniya buni tarmoqda olib borilayotgan texnik jarayonlar bilan izohlagan edi.