Bu qiziq

Bodomning ayollar uchun qanday foydali jihatlari bor

Shifokor-parhezshunosning so‘zlariga ko‘ra, bodom ayollarga yoshlikni uzaytirish va go‘zallikni saqlashga yordam beradi.
Sputnik
Bodom ayollar uchun eng foydali yong‘oq hisoblanadi. Bu haqida “Moskva24” telekanaliga bergan intervyusida shifokor-parhezshunos Yevgeniy Arzamassev ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bodom iste’mol qilish ayollar organizmida qarish jarayonini sekinlashtiradi. Chunki bodom tarkibida magniy va B guruhi vitaminlari bor. Bu moddalar esa o‘z navbatida ayollar nerv tizimini ham himoya qiladi.
Bundan tashqari, bodom tarkibida E vitamini va kremniy mavjud. Bu moddalar teri elastikligi va tarangligiga ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, gormonal fonni meyorlashtiradi.
“Marganes suyaklarni osteoporozdan himoya qiladi. Ushbu modda yoshlar va kattalar uchun ham birdek foydali. U suyaklar uchun foydali bo‘lgan moddalarni singdirish jarayonida ishtirok etadi. Va terini shikastlanishlardan asraydi”,- deydi Arzamassev.
Parhezshunosning ta’qidlashicha, 10-15 dona bodom kunlik meyor hisoblanadi.