Visa va MasterCard Rossiyada ishlashni to‘xtatishini e’lon qildi.
Biroq bu qarorlar Rossiyadagi kartalarning ishlashiga ta’sir qilmaydi, deb ma’lum qilddi Sberbank. Faqat chet elda va xorijiy onlayn-do‘konlarga to‘lovlar cheklanadi.
Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimi hozirda Rossiyadan tashqari 12 davlatda ishlaydi:
Turkiya, BAA, Vyetnam, Armaniston, Belarus, Abxaziya, Janubiy Osetiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Kipr.
Shuningdek, Xitoyning UnionPay tizimi Rossiyada ishlaydi. U 2006-yilda paydo bo‘lgan. Bunday kartalar dunyoning 160taga yaqin mamlakatida qabul qilinadi, lekin barcha do‘konlar va bankomatlarda emas.