Toshkent Botanika bog‘ida magnoliya gulladi

Toshkent Botanika bog‘ida magnoliya gulladi
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Bahor faslining ilk kunlarida Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilingan magnoliya daraxtlari gulladi, deb xabar qildi O‘zbekiston fanlar akademiyasi.
Xushbo‘y hidli bu daraxt nomi 1703-yilda fransuz botanigi Pyer Magnol sharafiga Magnoliya deb nomlangan.
Toshkent Botanika bog‘ida Magnoliya turkumining Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora), Sulanja magnoliyasi (Magnolia x soulangeana), Kobus magnoliyasi (Magnolia kobus), yulduzsimon magnoliya (Magnolia stellata), uchbargli magnoliya (Magnolia tripetala) kabi turlarini uchratish mumkin.