Su-34 Ukrainadagi millatchilarning harbiy obyektiga zarba berdi – video

Rossiyaning qiruvchi-bombardimonchisi yuqori aniqlikdagi qurol yordamida Ukraina infratuzilmasining harbiy obyektini nishonga oldi.
Sputnik
Rossiya Mudofaa vazirligi Su-34 qiruvchi-bombardimonchi ukrainalik millatchilarning harbiy obyektini yo‘q qilayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q.