Qoraqalpog‘iston yangi ichki ishlar vaziri tayinlandi

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘istonning yangi ichki ishlar vaziri bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri tegishli buyruqqa imzo chekdi.
Amanbay Orinbayev - ministr vnutrennix del Respubliki Karakalpakstan
Orinbayev tayinlovga qadar IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shu kunga qadar Aytbay Temirxanov Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.