Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

Prezident 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir guruh ayollarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Ular mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotganlari uchun ushbu mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan Uchquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Nasiba Ro‘ziyeva, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri Zulxumor Xolmanova taqdirlangan.
15 kishi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan. 22 kishi "Do‘stlik" ordeniga loyiq ko‘rilgan. 1 kishiga I darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni berilgan. 50 nafardan ziyod kishi "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Quyida taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish mumkin.