Yallig‘lanish bo‘lsa sariyog‘ iste’mol qilish organizmning umumiy holatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Bu haqida nutritsiolog Alena Stepanova RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, allergiya, laktoza hazm qila olmaslik va autoimmun kasalliklarida (surunkali yallig‘lanish kabi) sariyog‘ iste’mol qilish zararli. Shuningdek, tarkibida xolesterin miqdori ko‘pligi sabab yurak-qon tomir kasalliklariga chalinganlar ham sariyog‘ iste’mol qilmasligi lozim.
Agar yuqorida keltirilgan kasalliklar bo‘lmasa, meyorda sariyog‘ iste’mol qilish salomatlik uchun hatto foydali bo‘ladi. Chunki sariyog‘ tarkibida immunitet uchun yog‘ni parchalovchi vitaminlar mavjud. Hamda hazm qilish va miya faoliyati uchun ham ijobiy ta’sior qiluvchi moddalar mavjud.
Kattalar uchun bir kunda 20-30 gramm, bolalar uchun 10 gramm sariyog‘ iste’mol qilish meyor hisoblanadi.