iFly aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Rossiya aviakompaniyasi o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatganligi haqida rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatiga taqdim etgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiyaning iFly aviakompaniyasi 5-martdan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Aviakompaniya bajarilishi kutilayotgan va barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatganligi haqida rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatiga taqdim etgan.
Bekor bo‘lgan aviaqatnovlar yo‘lovchilariga aviachipta pullarini qaytarish yoki chiptalarini boshqa muddatga qayta bronlash masalalari yuzasidan chiptalarni xarid qilgan aviakassalarga murojaat etishlari tavsiya etilgan.
Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar bajariladi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning "Aeroflot", S7, Smartavia, "Pobeda", Nordwind, Pegas Fly va Azur Air aviakompaniyalari chet elga parvozlarini vaqtincha bekor qilishgan edi.