Yana bir Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni bekor qildi

Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasi O‘zbekistonning Namangan, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga parvozlarini bekor qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasi 19-martga qadar barcha xalqaro parvozlarini bekor qildi. Jumladan O‘zbekistonga ham.
"Parvozlar cheklanishi munosabati bilan Smartavia barcha xorijiy parvozlarni vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘lmoqda. Cheklovlar 19-martga qadar amal qiladi", — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston yo‘nalishida quyidagi parvozlar bekor qilingan:
Sankt-Peterburg – Namangan – Sankt-Peterburg;
Sankt-Peterburg – Buxoro – Sankt-Peterburg;
Moskva – Farg‘ona – Moskva.
Sotilgan chiptalar pulini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning S7 aviakompaniyasi ham 5-martdan boshlab O‘zbekistonga parvozlarni bekor qilgani haqida xabar qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Ukraina hududida o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya tufayli Yevropa va AQSh aviakompaniyalari Rossiyaning aviatsiya sohasiga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. Cheklov choralari orasida Rossiya tomonidan lizingga olingan bortlarni qaytarish chorasi ham bor. OAV ma’lumotiga ko‘ra Rossiyada mavjud 900dan ortiq samolyotlardan 500dan ortig‘i lizing shartnomasi asosida olingan.