Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi barcha harbiy infratuzilmalar deyarli yo‘q qilindi - Putin

Rossiya prezidenti Ukrainadagi harbiy harbiy infratuzilmalar deyarli yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ukrainadagi harbiy infratuzilmalarni yo‘q qilish ishlari yakunlanmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy harbiy infratuzilmalar deyarli yo‘q qilingan, asosan, qurol-yarog‘, o‘q-dori omborlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari.
“Bu ishlar deyarli yakunlandi”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari operatsiya rejaga binoan olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q.