Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainada millatchilar xorijiy talabalarni garovda ushlab turibdi - Shoygu

Ukraina harbiylari va millatchi to‘dalari Ukrainada minglab xorijiy talabalarni garovga olgan, hukumat ham bunga ko‘z yummoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Ukraina harbiylari va millatchi guruhlari respublika hududida ta’lim olgan minglab xorijiy talabalarni garovda ushlab turibli, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Millatchilar Xarkov vokzalida 3 mingdan ortiq Hindiston fuqarolarini garovga olgan, ularning aksariyati - talabalar. Ular Xarkovni piyoda tark etmoqchi bo‘lganda ularni qurol ostida ortga qaytishga majbur qilishgan.

"Sumi shahrida ham ko‘p sonli xorijiy talabalar kuch bilan ushlab turilibdi. Millatchilar Xarkovni tark etmoqchi bo‘lgan xitoylik talabalarni ham o‘qqa tutishgan. Ulardan ikki nafari yarador bo‘lgan. Yuzlab xorijiy fuqarolar janglar bo‘layotgan hududlarni tark etmoqchi, lekin ularga ruxsat berishmayapti", - dedi Rossiya Mudofaa vaziri BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lgan suhbatda.

Bir necha kun oldin Afrika davlatlaridan kelgan talabalar Ukraina hududini tark etishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgani haqida xabar bergan edik. Xususan, ular Ukraina hududida irqchilik va kamsitishlarga duch kelayotgani, chegara tomon borayotgan avtobus va poyezdlarga chiqarmaslik holatlari, chegaradan o‘tkazmasdan bir necha kun davomida kutishga majbur qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun 5-mart kuni soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan so‘ng.
Xususan, Volnovaxani 24 fuqaro tark etgan, Mariupoldan esa hech kim chiqmagan. Biroz o‘tib Mariupolda jangarilar tinch aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyni portlatib yuborgani va buzilgan bino ostida 200 kishi qolib ketgani haqida xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.