Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar bajariladi

13 va 20-mart kunlari Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi.
Bu aviaqatnovlar 13 va 20-mart kunlari bajariladi.
Toshkentdan uchish: 19:00 (Toshkent vaqti bilan)
Yekaterinburgga yetib borish: 22:00 (Yekaterinburg vaqti bilan)
Yekaterinburgdan uchish: 23:40 (Yekaterinburg vaqti bilan)
Toshkentga yetib borish: 02:30 (Toshkent vaqti bilan)
Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 593 810 so‘mdan (bagajsiz) va 2 966 363 so‘mdan (bagaj bilan), Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rubldan (bagaj bilan) boshlanadi. Narxlar 5-mart holatiga ko‘ra amal qiladi.
“Uzbekistan Airways” Krasnodar va Rostov reyslarini Sochiga yo‘naltiradi