Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi - video

Oksana Chusovitina Dohada o‘tayotgan jahon kubogining ikkinchi bosqichida final dasturida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Doxada o‘tayotgan Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Chusovitina tayanib sakrash final dasturida qatnashib, 13.433 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Bu bilan sportchi Vengriya va Rossiyadan bo‘lgan raqibalarini ortda qoldirgan.
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133