TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni bo‘lib o‘tgan xavfsizlik kengashi majlisi ochilishi oldidan Ukrainada maxsus operatsiya qanday ketayotgani haqida aytib berdi.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti dog‘istonlik “Rossiya qahramoni” unvoni berilgani haqida va uning jangda ko‘rsatgan qahramonligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
“Katta leytenant Nurmagomed Gadjimagomedov janglarda o‘z askarlariga ishonch bilan yetakchilik qildi, haqiqiy komandir sifatida ularning hayotini asrab qolishga harakat qildi. Hatto og‘ir yarador bo‘lganidan so‘ng ham u oxirigacha kurashdi. Jangarilar qurshab olganidan so‘ng u o‘zini portlatib yubordi. Chunki u millatchilar asirlarga qanday munosabatda bo‘lishini yaxshi bilardi” , - dedi Rossiya prezidenti.
Shundan so‘ng Vladimir Putin dog‘istonlik askarning ushbu qahramonligidan, 300dan ortiq millat yashayotgan butun Rossiyaning bir qismi ekanidan mag‘rurlanishini aytib o‘tdi.
“Men rus odamiman, mening qarindoshlarim hammasi “ivan va mariyalar”, lekin yosh dog‘istonlik lak millatiga mansub Nurmagomed Gadjimagomedov kabi askarlar qahramonligini ko‘rganimda, men ham o‘zimni lakman, dog‘istonlikman, chechenistonlikman, ingushman, rus, tatar, yahudiy, mordvin, osetinman degim keladi. Albatta Rossiyada yashayotgan barcha 300 millat nomini sanab o‘ta olmayman, lekin men ushbu dunyoning, ushbu ko‘p millatli va qudratli Rossiya xalqining bir qismi ekanimdan mag‘rurlanaman”, - dedi Rossiya prezidenti.
Shundan so‘ng Vladimir Putin rus va ukrain xalqi aslida bitta millat ekanini va u ushbu fikrini hech qachon o‘zgartirmasligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
Dog‘istonlik Nurmagomed Gadjimagomedov 25 yoshda edi, u Razandagi desantchilar maktabini bitirgan. Shu kunga qadar bir necha qaynoq nuqtalarda bo‘lgan, jumladan Suriyada ham.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 24-fevraldan buyon Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus harbiy operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi Ukrainani qurolsizlartirish va millatchilardan tozalash. Opratsiya davomida faqat harbiy infratuzilma va millatchi guruhlarga zarba berilmoqda, shaharlar, tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q.