Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi vazifalari bajariladi – Putin

Rossiya prezidenti: Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi vazifalari har qanday holatda bajariladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi vazifalari har qanday holatda bajariladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon suhbati davomida ma’lum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiya vazifalari har qanday holatda bajarilishi, muzokaralarni cho‘zish yo‘li bilan vaqtdan yutishga bo‘lgan urinishlar bizning muzokaralar pozitsiyamizda Kiyevga qo‘shimcha talablarga paydo bo‘lishiga olib kelishi ta’kidlandi”, - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifasini aytdi

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.