TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Bir necha kundan buyon G‘arb OAVlarida “Butun dunyo Rossiyani sanksiyalar bilan jazolamoqda” degan sarlavhali xabarlarni uchratish mumkin, deb yozmoqda "Blijnee zarubejye" telegram kanali.
Bunday xabarlar chiqarayotgan nashrlarning yo dunyo tuzilishidan bexabar yoki ular yolg‘on gapirmoqda. Batafsil infografikamizda tanishing.
Rossiyaga qarshi sanksiya kiritgan davlatlar
© Sputnik
Sanksiyalar kiritayotgan asosiy davlatlar bu – AQSh va YeI, shuningdek ularning bevosta ta’siri ostida bo‘lgan davlatlar.
Rossiya harakatlarini tanqid qilmasdan, qo‘llab-quvvatlagan davlatlar bu – Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Braziliya, Argentina, Meksika, JAR va boshqa davlatlar. Ularning umumiy aholisi soni – 4 mlrd. kishidan iborat va ularning dunyo YaIMiga hissasi 35%ni tashkil qiladi.
Worldometers statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining umumiy soni 7,9 mlrd. kishidan iborat.