O‘zgidromet shamol tezligi kuchayishi va chang-to‘zon bo‘lishidan ogohlantirdi

4-5 mart kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. 4-6 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
4-5 mart kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 mart kunlari respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.