Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi

Mirziyoyev Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu haqda prezident BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirishda mintaqa davlatlarining hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
Bugun Toshkentda ekspertlar yig‘ildi.
Anjuman qatnashchilariga prezident murojaatida aytilishicha, yoshlarga oid samarali siyosat – terrorizm va ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashishning eng muhim shartidir.
Mamlakatlarning kelajagi yosh avlod qanday ulg‘ayishiga, qanday ta’lim va tarbiya olishiga, ular uchun qanday “ijtimoiy liftlar” yaratilishiga bog‘liq, deb hisoblaydi Mirziyoyev.
Bu masalalarni har tomonlama muhokama qilish uchun 2023-yilda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari doimiy faoliyat yurituvchi yoshlar kengashini Samarqand shahrida chaqirishni taklif qildi.