Boz ustiga u o‘zining yo‘qotishlarini deyarli hisobga olmasdan, aniqrog‘i, Rossiyani dunyo iqtisodiyotidan muvaffaqiyatsiz “siqib chiqarish” oqibatlari haqida o‘ylab ko‘rishni afzal bilmasdan, e’lon qildi. “Deyarli”, chunki hozircha eng kuchli qurol ishga tushirilmagan – energetika, ya’ni Rossiya energiya tashuvchisi eksportini taqiqlash.
G‘arb undan foydalanmoqchi emas, biroq Rossiyaning o‘zi bu chorani qo‘llashidan juda hadiksirayapti. Ammo Kreml neft gaz “atom bombasini” portlatishni rejalashtirmayapti. Qolaversa, Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga javobi hozircha deyarli minimal darajada. Nega? Chunki G‘arb tomonidan qabul qilib bo‘lingan choralar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyoti uchun ulkan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu oqibatlarni hozircha hech kim hisoblab chiqa olmaydi. Dunyo tuzilishining eski tizimi (geosiyosiy va moliyaviy-iqtisodiy) ko‘z o‘ngimizda qulab bormoqda. Lekin uning barbod bo‘lishi turlicha bo‘lishi mumkin. Bu Rossiyani G‘arb tomonidan ihotalashga bo‘lgan urinish qancha davom etishiga bog‘liq bo‘ladi.
Qanday qilib – ular abadiy emasmi axir? Yo‘q, chunki ular G‘arbning o‘zi uchun ulkan, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan va o‘zi qurgan global moliyaviy iqtisodiy tizimga ziyon yetkazishadi. Ustiga ustak bu zarar vaqt o‘tishi bilan o‘sib boradi. Jumladan, Rossiyaga qarshi kiritilgan choralar boshqa mamlakatlarga ham misli ko‘rilmagan ta’sirni ko‘rsatmoqda va uni bu vaqtincha bo‘lganini ishontirish kerak.
Shu bois G‘arbning o‘zi barcha uchun eng og‘riq bo‘lgan sanksiyalar qismini olib tashlashdan manfaatdor, lekin Rossiya to‘xtatish va iqtisodiyotini barbod qilishga bo‘lgan urinish foydasiz ekaniga ishonch hosil qilgandan so‘ng.
Ya’ni G‘arb bizni baribir iqtisodiy jihatdan bo‘g‘ishga umid qilyaptimi?
Ha, G‘arb elitalarining bir qismi bunga ishonadi. Bo‘lmasa bundan keng ko‘lamli va bir yoqlama qattiq sanksiyalardan foydalanmagan bo‘lishardi. Putin o‘n minglab harbiylarni sarfarbar qildi, ittifoqdosh davlatlar esa bunga javoban o‘zlarining ulkan moliyaviy qudratlarini safarbar qilishdi, endi bu moliyaviy armiyalar o‘rtasidagi qimor o‘yini, deya yozadi Atlantika kengashidagi Juliya Fridlander. Biroq Rossiya armiyasi oldinga qo‘yilgan maqsadlarga muqarrar erishsa, G‘arbning moliyaviy zarbalari muvaffaqiyatini qanday o‘lchash mumkin?
Tez orada Moskvani mo‘ljalga olib, o‘zlarining global tizimlariga zarba berib qo‘yishganliklari ma’lum bo‘ladiku. Rossiyani dunyo iqtisodiyotidan ihotalab qo‘yishni xohlashgandi, natijada esa o‘zlarining dunyoni boshqarish kalitlarini bloklashgan.
Biroq G‘arb hozir bu haqda o‘ylab ko‘rishni afzal bilmayapti. Yaqin oylar ichida u yerda Rossiya iqtisodiyoti batamom qulamasa agar, hech bo‘lmaganda Rossiyada turmush tarzining keskin tushib ketishi va xalqimizning noroziligi yuzaga kelishini kutishadi. Garchi G‘arb ruslarni yomon bilsada, lekin yaxshi bilishadi, hayot razi yomonlashishi xalqning Vladimir Putindan yuz o‘girishi uchun kamlik qiladi. Shuning uchun agar Rossiyaning harbiy mag‘lubiyati bo‘lmasa, Ukrainadagi harbiy operatsiyani cho‘zishni ikkinchi zaruriy shart deb bilishadi.
Ko‘proq rus va ukrain qoni zarur. Aynan shuning uchun G‘arb Zelenskiyni behuda qarshilik ko‘rsatishni bas qilish to‘g‘risida buyruq berishga chaqirishmaydi, aksincha ukrain rahbariyatini turlicha qo‘llab-quvvatlamoqda, “Stinger” va Yevropa ittifoqa a’zolikni va’da berishmoqda. Birinchi navdatda ruhan qo‘llashmoqda, chunki moddiy jihatdan (ya’ni harbiy yetkazib berishlar bilan) qo‘llay olishmaydi.
Siz G‘arb Ukraina g‘alaba qozonishiga, Zelenskiy prezident bo‘lib qolishiga va mamlakat YeIga a’zo bo‘lishiga ishonadi deb o‘ylagan edingizmi? Yoki Rossiya armiyasi Ukrainani G‘arb ta’siri uchun ochiq qoldirib ketadi?
Albatta, yo‘q. G‘arb hozir faqat bir narsaga pul tikapti: unga jangovar harakatlar qanchalik uzoqroq cho‘zilsa, shuncha yaxshi. Norozilikni keltirib chiqarguncha, Rossiyadagi Putinni Ukrainadan ketish farmonini berishga majburlaydigan qo‘zg‘olonlargacha.
Puch xomxayollar? Ha, anglosak elitalari bir qismining mantig‘i shunaqa. Amerikaning eng “og‘ir vazndagi” tahlilchisi, Xalqaro munosabatlar kengashi prezidenti Richard Xaas mana nima dedi: “Shunday qilish kerakki, uning mamlakati eng katta iqtisodiy zararni va yerdagi katta harbiy yo‘qotishlarni ko‘rsin. Keskin gapirishni yoqtirmayman, biroq Putinning eng katta zaif joyi – bu o‘lik askarlar. Shunday ekan Ukraina qarshilik ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlashimiz zarur”.
Va bu yerda maqsad shunchalik Ukraina emas: Xaas Rossiyadagi “rejim almashishiga” erishishga chaqirmoqda. Buning uchun ruslarga Ukrainada “ikkinchi Afg‘onistonni” ko‘rsatishlari kerak. NATOchilar Rossiya harbiy operatsiyasining boshlanishiga qadar bunga va’da berishgandek.
Lekin, Ukrainaga harbiy anjomlarni yetkazib berish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, oxirigacha kurashishga tayyor bo‘lgan ukrainlarning bir qismining ruhini ko‘tarish kerak. Bu uchun ularga yordam va “Rossiyani ichidan barbod” qilishga va’da berishmoqda. Putin bo‘lmasa – sanksiyalar ham bo‘lmaydi, va G‘arb uchun ularning iqtisodiy zararini kamaytirishga urinib ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Bu o‘ta qiyin vazifa. U Rossiyani harbiy harakatlarga chorlash orqali zaiflashtirish bilan bir vaqtning o‘zida sanksiya bosimini saqlab qolishdan iborat.
Bu ayyor rejaning atigi bitta muammosi bor – harbiy harakatlar cho‘zilmaydi. Ukraina armiyasi yaqin haftalarda qarshilik ko‘rsatishni bas qiladi. Majbur bo‘ladi – o‘rab olinishi natijasi – yoki Zelenskiyning qurollarni topshirish farmonidan keyin. Vaqt ko‘rsatadi. Biroq Ukrainaning biror bir uzoq harbiy harakatlar uchun imkoniyati ham, resurslari ham yo‘q. Keyin Rossiya yana Ukraina bilan uzoq shug‘ullanadi, lekin bu boshqa tarix va boshqa Ukraina bo‘ladi.
Ammo G‘arb urushni cho‘zish ish bermaganiga ishonch hosil qilgandagina, u dunyo moliyaviy iqtisodiy tizimiga yetgangan zararini nima qilish kerakligi hal qilish fursati keladi. Bir necha oy o‘tib Rossiyaga qarshi sanksiyalar qisman olib tashlanishi ehtimoldan yiroq emas, lekin dunyoni avvalgi holatiga keltirib bo‘lmaydi.
Tektonik oldina siljishlar allaqachon bo‘lyapti – yerda urush tugaydi, global moliyaviy iqtisodiy va geosiyosiy bo‘ron esa endi boshlanmoqda. Unda mag‘lub Rossiya bo‘lmaydi.