Bu qiziq

Erta o‘lim sabablaridan birining oldini olish uchun JSST tavsiyasi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, kamharakatlilik oqibatida dunyo bo‘yicha yiliga 5 million kishi hayotdan ko‘z yumoqda. Eng yomoni, kelgusida bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kamharakatlilik oqibatida erta o‘limlar oldini olish uchun qator tavsiyalar ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda SSV.
Bunday holatlarni oldini olish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha aholi qatlami uchun jismoniy faollik bo‘yicha bir qator tavsiyalarni ishlab chiqdi.
17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun tavsiyalar
Tibbiyot mutahassislari 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor va kompyuterdan kamroq foydalanishga chaqirmoqda. Ular buning o‘rniga, kuniga kamida 60 daqiqa jismoniy faol (aerobik mashqlar, velosiped haydash, futbol, voleybol, basketbol o‘ynash) bo‘lishi kerak.
18-65 va undan yuqori yoshli kishilar uchun tavsiyalar
18-65 yoshli kishilar haftasiga kamida 150-300 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi aerobik mashqlar bilan shug‘ullanishlari lozim. Toza havoda yugurish (o‘rtacha tezlikda), yurish, jamoaviy sport o‘yinlarida ishtirok etish ham tavsiya etilgan.
65 yoshdan oshganlarga ham huddi shu turdagi tavsiyalar berilgan. Faqatgina kuchli aerobik mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun haftalik meyor 75-150 daqiqaga teng bo‘lishi kerak.