Bu qiziq

Stressni bartaraf qiluvchi mahsulotlar

Endokrinolog: qahva va shokolad- stressni bartaraf qiluvchi mahsulotlar emas
Sputnik
Ko‘pchilik insonlar yogurt yoki boshqa mahsulotlar bilan stressni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, barcha yogurtlar ham birdek foydali emas. Masalan, kolbasa bilan salomatlikni tiklab bo‘lmaydi, chunki yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shifokor-endokrinolog Natalya Puzirevaning so‘zlariga ko‘ra, organizmda turli moddalar almashinuvi jiddiy oqibatlarga olib keladi. Stress vaqtida esa organizm ko‘p miqdorda magniy yo‘qotadi. Magniy tanqisligi esa yana stressga tushishga moyillikni oshiradi. Bu haqida Sputnik radiosi ma’lum qildi.
“Hujayralarimiz metropolitendagi vagonchalarga o‘xshaydi, har birining deposi bor. Va mana shu depodan magniy, adrenalin, noradrenalin kabi moddalarni chiqarib tashlanadi. Bularning barchasi stress tufayli sodir bo‘ladi”, - deydi shifokor.
Ushbu organizm uchun zararli jarayonni meyorlashtiradigan mahsulotlar ham bor. Bu metallga boy bo‘lgan meva-sabzavotlar, ko‘katlar va yong‘oqlar, (faqat yangi hosildan olingani), shuningdek, don mahsulotlaridir.
Endokrinologning ogohlantirishicha, odamlar orasida stressga qarshi xususiyatga ega hisoblangan choy, qahva va alkogol mahsulotlari magniy so‘rilish jarayonini sekinlashtiradi. Shu sababli, bu mahsulotlar bilan organizmni tinchlashtirish yaxshi samara bermaydi.