Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qurolli kuchlari Xerson shahrini to‘liq nazoratga oldi

Rossiya harbiy bo‘linmalari Xerson shahrini to‘liq nazoratga oldi - Rossiya Mudofaa vazirligi.
Sputnik
Rossiya harbiy bo‘linmalari Xerson shahrini to‘liq nazoratga oldi, dedi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
Rossiyaga qarshi axborot xurujlarini bostirish uchun Ukraina Xavfsizlik xizmati obyektlari va Kiyevdagi 72-psixologik operatsiyalarning asosiy markaziga zarba berildi, teleminora uskunalari ishdan chiqarildi. Aholi turar-joy binolari vayron bo‘lmadi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning 1502ta harbiy infratuzilma obyekti ishdan chiqarildi.
Shahardagi fuqarolik infratuzilmasi, aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlari va jamoat transporti har kungi rejimda ishlamoqda.
"Shaharda oziq-ovqat va zaruriy tovarlar taqchilligi kuzatilmayapti. Rossiya qo‘mondonligi, shahar va viloyat ma’muriyati o‘rtasida ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyatini ta’minlash, huquq-tartibot va aholi xavfsizligini ta’minlash masalalarini hal etish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda”, - dedi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.
21 fevral kuni Vladimir Putin Donbass respublikalarining iltimosiga ko‘ra va Davlat Dumasi deputatlarining murojaatidan so‘ng LXR va DXR suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. 24-fevral kuni erta tongda Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi bayonoti ko‘ra, qurolli kuchlar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlariga zarba bermoqda.
Hujum bir necha yo‘nalishda davom etmoqda, Kiyev g‘arbdan o‘rab olingan, mamlakat janubi va sharqidagi guruhlar Ukraina armiyasini Azov dengizidan uzib, Mariupolni to‘sib qo‘yilgan.