Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya - Ukraina muzokaralari 2-raundi: delegatsiya Belovej pushchaga yetib keldi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi Belovej pushchasida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi Belovej pushchasida bo‘lib o‘tadi.
Aynan shu yerda 1991-yilda SSSRga nuqta qo‘ygan kelishuvlar imzolangan, dedi RIA Novosti manbasi.
Rossiya delegatsiyasi muzokaralar joyiga yetib keldi.
Ukraina delegatsiyasi ertaga keladi, dedi RF delegatsiya rahbari Vladimir Medinskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Kiyevdan keladigan delegatsiya uchun xavfsizlik koridorini taqdim etdi. Ular ertaga ertalab Belarusdagi muzokaralar o‘tkaziladigan joyga yetib boradi.
“Ertangi muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatish masalasi ham muhokama qilinadi”, - dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari Medinskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Kiyev bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamfikrlikka erishgan.