Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ramzan Qodirov ukrainalik natsistlarni ogohlantirdi

Ramzan Qodirov Ukrainaga kelgan chechen jangchilar aks etgan yangi videoni Telegram-kanaliga joylashtirdi.
Sputnik
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaga kelgan chechen jangchilar aks etgan yangi videoni Telegram-kanaliga joylashtirdi.
"Millatchilar, banderachilar va o‘zini "chechen" deb aytayotgan shaytonlar biz sizga tez orada yetib boramiz! Faqat qochib ketmanglar", - deb yozgan Qodirov.
Bundan avval u bu mamlakat hududida ikki chechen askari halok bo‘lgani, yana olti nafari yaralangani haqida ma’lum qilgandi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor, biroq ukraina askarlari va millatchilar orasida yo‘qotishlar bundan bir necha barobar ko‘p.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Davlat rahbari uning maqsadi Donbass aholisini himoya qilish deb ta’kidladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, faqat Ukraina hududidagi harbiy infratuzilmaga zarba berilmoqda; tinch aholiga hech narsa xavf solmaydi.