O‘zbekistonda 8 nafar sudya jazolandi

Sudyalar oliy kengashi mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bir qator sudyalarni javobgarlikka tortdi. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar qildi.
Sputnik
Sudyalar oliy kengashi mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bir qator sudyalarni javobgarlikka tortdi:
Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining raisi A. Bobomurodov;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari I. Mirzayeva;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi G. Tojiboyeva;
Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari E. Abdullayev, D. Olimov;
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyalari M. Abidov, Z. Nuriddinov;
Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Sh. Ochilov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.