Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining xorijga yollanayotgani haqidagi xabar rad etildi

Mudofaa vazirligi: O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
So‘nggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston harbiy xizmatchilarini xorijiy davlatlar armiyasiga yollash haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 125-moddasiga muvofiq, respublika Qurolli kuchlari O‘zbekistonning davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, mamlakat mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.
Respublika Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik (154.1) moddasi mavjud.
“Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib qayd etish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi. O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas”, - deyilgan xabarda.
Kiyev hukumati Rossiya armiyasi Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalashga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyani boshlagandan keyin xorijiy legion tuzilgani va yollanma askar bo‘lishni istaganlar uchun vizasiz rejim joriy etilganini e’lon qilishdi.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.