TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arbning nafaqat iqtisodiy, balki boshqa sohalarga ham qo‘llagan sanksiyalari Rossiyani yakkalay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Rossiyaning do‘stlari ko‘p, va uni yakkalab bo‘lmaydi”, - dedi Rossiya TIV rahbari. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin G‘arb mamlakatlari unga qarshi birin-ketin sanksiyalar joriy etishni boshlashdi.
Shunga qaramasdan, dunyoning ko‘plab mamlakatlari Rossiyaning harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ular orasida Ittifoqdosh davlat Belarus bor.
Xitoy yetakchisi Si Szinpin Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Moskvaning xatti-harakatlariga hurmat bilan qarashini ma’lum qildi.
Suriya va Januyuiy Osetiya ham Rossiyani qo‘llab-quvvatlashdi va Rossiya va Abxaziya ortidan DXR va LXR mustaqilligini tan olishni tayyorgarlik ko‘rishayotganini bildirishdi. Markaziy Afrika Respublikasi Rossiyani qo‘llab, DXR va LXRni tan olish zo‘ravonlikning oldini olishini ma’lum qildi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru uning mamlakati BMT Xavfsizlik kengashida Ukrainadagi harbiy operatsiyani qoralovchi rezolyatsiya uchun ovoz bermasligini ta’kidladi. Hindiston va BAA ham shunday qaror qabul qilishgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro maxsus operatsiyani to‘liq qo‘lladi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Putin bilan telefon suhbatida Rossiyaning Donbassni himoya qilish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.