TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Google Discover va Google News xizmatlari "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligining barcha xizmatlari materiallarini namoyish qilishni cheklab qo‘ydi. Rossiya mediaguruhi buni senzura deb hisoblaydi.
"Google Discover va Google News "Rossiya Segodnya" XAA manbalari materiallarini namoyish qilishni chekladi. Biz Google yangiliklar kanallarida chiqayotgan maqoalarimizni sun’iy ravishda cheklashni - yashirin senzura hamda axborot kun tartibini manipulyatsiya qilish deb hisoblaymiz", - deyishdi agentlik matbuot xizmati xabarida.
"Rossiya Segodnya" - xalqaro media guruhining vazifasi dunyo voqealarni tezkor va muvozanatli yoritish, asosiy voqealar haqida turli nuqtayi nazarlarni auditoriyaga yetkazishdir. "Rossiya Segodnya" media guruhi tarkibiga Sputnik axborot agentligi va radiosi, Rossiyada - RIA Novosti, Praym, InoSMI, Ukraina.ru, Baltnews va TOK kiradi. “Russiya Segodnya” yangiliklarini bilan “Zubovskiy, 4” telegram kanalida kuzatib boring.