Bavariya poytaxti burgomistrining buyrug‘iga ko‘ra, maestro Gergiyev Munxen orkestirining bosh dirijeri lavozimidan ozod qilindi.
Oradan bir necha soat o‘tib opera xonandasi Anna Netrebkonning ismi ham Milandagi La Skala teatri aifshalaridan o‘chirib tashlandi. Teatr buni xonanda “kasal”ligi bilan izohladi. Lekin opera yulduzi bunga darhol “Men sog‘man, lekin kelmayman” deb javob berdi.
Xullas, G‘arb Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar kiritib, bizni “tajovuzkor”likda ayblaganidan so‘ng, navbat yangi cheklovlarga keldi: Rossiyani umumjahon madaniy hududidan quvish boshlandi. Rossiyalik artistlar konsertlari, rossiyalik rassomlar ko‘rgazmalari bekor qilina boshlandi. Bu ham yetmaganidan rus klassik adabiyoti tomon ham barmoq bilan ko‘rsatib, Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanida “imperiya ruhi”ni maqtashni tanqid qilish boshlandi.
Hozirgi atlantistlarning shiorlari qanchalik axmoqona bo‘lmasin, bizga ularning yovuz niyatlari mutlaq tushunarli: ular bizni o‘z madaniy me’rosimizdan mahrum qilishmoqchi. Buning uchun ular pul bilan tarixni qayta ko‘chirib yozishlari ham mumkin.
Madaniya me’ros bu - Brent markali neft yoki birjadagi gaz spotlarining narxi emas. Bu hatto Markaziy bankning oltin-valyuta rezervlari ham emas.
Me’ros – bu bizning madaniyatimiz. Novgorod (beresta) yorliqlaridan Chaykovskiyning Birinchi konsertigacha, Birinchi bosmasi Ivan Fodorovdan Karl Faberje san’atigacha. Aytish joizki ushbu sohada hozirgacha hech kim Faberjedan o‘zib keta olgani yo‘q.
Rus madaniyatini bekor qilish to‘g‘risidagi farmon allaqachon berilgan va birinchi qadamlar ham qo‘yildi.
Nyu-yorkdagi Karnegi-xoll o‘z konsert dasturlari va afishalaridan dirijer Valeriy Gergiyev va pianist Denis Matsuyev nomlarini o‘chirdi.
Sababi aniq aytilmagan bo‘lsa-da, OAVda jumladan "Nyu-York tayms" ushbu taniqli konsert zali rahbariyatining “Bugungi kun vaziyatida Gergiyevning konsertda ishtirok etishi noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin va jamiyatga noto‘g‘ri(sic!) signal yuborilishi mumkin” deb izoh berishdi.
Maqolani diqqat bilan o‘qiganda quyidagi xulosaga kelish mumkin: ma’lum bo‘lishicha taniqli dirijerga Rossiya-Ukraina vaziyati bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini ommaviy e’lon qilish taklif etilgan.
Mashhur pianinochi Denis Matsuyevga ham ana shunday taklif berilgan degan xulosaga kelish mumkin.
Ushbu taniqli artistlarni tezda almashtirishganidan ularning javobi qanday bo‘lgani haqida xulosa chiqarish mumkin.
Yevropa ham aksilRossiya koalitsiyasi bo‘yicha katta hamkori AQShdan ortda qolmaslikka harakat qilmoqda. Milan va Bavariya shahar merlari, G‘arbning yetakchi siyosatchilari kabi, Gergiyevdan o‘z vatani Rossiyadan “voz kechishni” talab qilishgan.
Bugun biz Yer sharida keng ko‘lamli sivilizatsion halokatni ko‘rib turibmiz, desam xato bo‘lmaydi. Ushbu buyuk talant egalaridan sahnaga chiqib musiqa ijro etishlari uchun, birinchidan omma oldida o‘z vatanidan voz kechishni, ikkinchidan butun dunyo oldida G‘arb elitalariga sodiqlik haqida qasamon qilishni talab qilishmoqda.
Talant, mohirlik, qobiliyat va ruhlangan ijro – hech qanday qadriyatga ega bo‘lmay qoldi. Axir Vena filarmoniyasida Gergiyevni almashtirish, uni bekor qilish mumkin bo‘lsa, Karnegi xollda Matsuyevni bekor qilish mumkin bo‘lsa va omma buni lom-mim demay qabul qilsa, demak istalgan narsani va kishini bekor qilish mumkin.
Albatta bir musiqachi ikkinchisini almashtirib turishi mumkin. Ular orasida bunday holatlar uchrab turadi.
Bunday voqealar hatto “totalitar SSSRda” davri “ikki mafkura qarama-qarshiligi” davrida ham bo‘lmagan edi. Kommunist va mohir skripkachilar Leonid Kogan yoki David Oystrax, partiya biletlarini cho‘ntaklariga solib, butun dunyo bo‘ylab konsert berib yurar edilar. Ularning hech biridan, yoki “Katta teatr”ning taniqli yoki unchalik tanilmagan raqqosalaridan G‘arb sahnasiga chiqishdan oldin “liberal qadriyatlar”ga tiz cho‘kishni talab qilishmagan.
O‘sha vaqtlardagi Yevropa va Amerika impresariolari bugungi kundagi hamkasabalari oldida inkvizitorlar oldida volteryanlardek ko‘rinadi. Nahot Yevropa o‘rta asrlar tajribasini, yagona nuqtayi nazarga qarshi bo‘lganlarni o‘tda yoqishgan davrlarni unutgan bo‘lsa? Katolik dinidan boshqasiga amal qilganlarni, ayollar chiroyi uchun, soch rangi biroz boshqacha bo‘lgani uchun olovda yoqilgan davrlarni esidan chiqargan?
Axir ushbu faktlarga allqachon yuridik va tarixiy baho berilgan – yovvoyilik va jinoyat, deb.
Bugun aksil-Rossiya fronti “saflari tozalanayotgani” haqida biz ko‘p eshitayotgan bo‘lsak-da, biz o‘zimizning achchiq tajribamiz asosida bunday “tozalashlar” nima bilan tugashini yaxshi bilamiz.
Ularni ham ogohlantirib qo‘ymoqchi edik, albatta ular eshitishga tayyor bo‘lsa.
So‘nggi xulosa: Bugungi Yevropaning insonparvar falsafasi asosan Dantening "Ilohiy komediya"sidan kelib chiqqan.
Shoirlik ideallari va haqiqatga sodiq bo‘lgani uchun o‘z ona shahridan quvilgan buyuk florentiyalik, sotqinlarni bekorga do‘zaxning eng dahshatli, eng qorong‘u va najotsiz to‘qqizinchi doirasiga joylashtirgan.
Bu borada rus madaniyati va Italiya Renessansining xulosasi bir: o‘z qarashlarini pulga sotish – gunohdir. Buning oqibati o‘ta ayanchli bo‘lishi mumkin.
Maestro Gergiyev, mukofotlardan voz kechib, bugun Yevropaga haqiqiy Yevropa va rus ruhiyati qanday bo‘lishi kerakligiga namuna ko‘rsatmoqda.
Vaqti kelib Yevropa ham Rossiya ham maestroga buning uchun qattiq chapak chaladi!