Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifasini aytdi

Rossiya mudofaa vaziri: Ukrainadagi operatsiyaning asosiy vazifasi Rossiyani G‘arb tahdidlaridan himoya qilish.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya armiyasi Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishgunga qadar davom ettiradi. Asosiy maqsad – Rossiyani G‘arb tomonidagi tashqi harbiy tahdiddan himoya qilish. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari guruhlari maxsus harbiy operatsiyani olinga qo‘yilgan maqsadlarga erishgunga qadar davom ettirishadi”, - dedi Shoygu selektor yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya “Donbass aholisini himoya qilish, Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash maqsadida” o‘tkazilmoqda.
“Biz uchun asosiysi – mamlakatimizga qarshi kurashda ukrain xalqidan foydalanishga urinayotgan G‘arb mamlakatlari tomonidan yaratilayotgan harbiy tahdiddan Rossiya Federatsiyasini himoya qilish”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shoygu zarbalar faqat yuqori aniqlikda mo‘ljalga oluvchi qurollar bilan harbiy obyektlarga berilayotganini urg‘uladi.
Afrika Ittifoqi Ukraina chegarasidagi irqchilikka e’tibor qaratdi