TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda rubl kursi sezilarli darajada pasaydi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
Rossiya rublining rasmiy kursi 1-mart kuni 21,46 so‘mga pasayib 106,6 so‘mni tashkil qildi. Bu so‘nggi ko‘rsatgichga qaraganda 16,5%. Bu 2017-yilning avgustidan buyon kuzatilgan eng past kurs bo‘ldi.
Biroz oldin Markaziy bank Ukrainadagi vaziyat tufayli o‘zbek so‘mi uchun hech qanday tahdid ko‘rmayotganini, lekin shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan nisbatan kiritilgan G‘arb sanksiyalarning O‘zbekiston iqtisodiga yettkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash hozircha murakkab ekanini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Rossiyadan jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalari ularning oilalari uchun muhim daromad manbai bo‘lib qolmoqda. Bugungi kun holatiga Rossiyada O‘zbekistonga pul jo‘natish tizimlarining barchasi odatiy tartibda ishlamoqda.
Biroz oldin Hamkorbank Rossiyaning "Sberbank"i orqali pul o‘tkazmalari vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi, lekin so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra "Sberbank" va Hamkorbank orasida pul o‘kazmalari tizimi qayta ishga tushgan.