Tomonlar yangi raundni o‘tkazishga kelishib olishdi.
Rossiya delegatsiya a’zosi, mamlakat prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiyning ma’lum qilishicha, tomonlar kun tartibini to‘liq ko‘rib chiqishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy yondashuvlarni prognoz qilish mumkin bo‘lgan ayrim nuqtalarni topishgan.
Medinskiy yangi uchrashuv yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishini qo‘shimcha qildi. Uchrashuv Polsha-Belarus chegarasida bo‘lib o‘tadi.
“Bu vaqtga qadar har bir delegatsiya, har bir delagatsiyaning rahbarlari barcha muzokaralar pozitsiyalari bo‘yicha mamlakat rahbariyati bilan maslahatlashishadi”, - deya xulosa qildi Putin yordamchisi.
Rossiya delegatsiyasining muzokaralardagi yana bir a’zosi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy “tomonlar bir-birlarini tinglashgani” va “oldinga siljishga erishish mumkin bo‘lgan qator muhim punktlarni topishganini” ta’kidladi.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak tomonlar ustuvor mavzularni belishib olishgani va ular bo‘yicha muayan qarorlar rejalashtirishganini ma’lum qildi. U muzokaralarning ikkinchi raundida bu mavzular batafsil muhokama qilinishini bildirdi. Podolyak Ukraina uchun uchrashuvning asosiy maqsadi o‘t ochishni bas qilish bo‘lganini urg‘uladi.
Bu muzokaralarda Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Davlat dumasi deputati Leonid Sluskiy va Belarusdagi elchi Boris Grizlov qatnashgan.
Ukraina delegatsiyasi tarkibiga esa Mixail Podolyakdan tashqari Oliy Radadagi "Xalq xizmatchisi" hukmron partiyasi fraksiyasi rahbari David Araxamiya, Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nikolay Tochiskiy, deputat Rustem Umerov kiritilgan.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.