TOShKENT 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi sayti kiberhujumga uchradi.
Bugun tongda u yerda elchixona ma’lumotlari emas "Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani" to‘g‘risidagi propaganda ma’lumotlar joylashtirilgan. Xakerlar u yerga portlatilgan harbiy texnika, Ukraina shaharlariga "hujum" foto va videolarini joylashtirib, hammani namoyishga chiqishga chaqirgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi 1,5 ming fuqaroni Ukrainadan evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bilan faol shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda Ukrainaning Lvov shahri orqali dastlab Polshaga, undan so‘ng O‘zbekistonga maxsus parvozlar orqali olib chiqilmoqda. Elchixona sahifasida ushbu tashkiliy ishlarga doir axborot ham muntazam joylashtirib kelinayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Anonymous guruhi xakerlari Rossiyaga nisbatan kiberhujum e’lon qilishgan edi. Bugunga qadar xakerlar Rossining bir necha yirik OAVlari sahifalarini buzishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular orasida TASS, RBK, Forbes, "Kommersant", "Takie dela", "Fontanka", "Izvestiya", Buro 24/7, PeopleTalk va boshqalar bor.
Undan tashqari, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi xakerlar Rossiya Davlat xizmatlari portaliga ham yuqori professional darajada uyushtirilgan hujumlar kuzatilayotganini ma’lum qilgan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Donbassda vaziyat keskin tus ola boshladi. Ukraina ko‘p sonli harbiylarni tutash chizig‘i yaqiniga to‘plab, Minsk shartnomalarida ta’qiqlangan qurollar yordamida DXR va LXRni o‘qqa tutishni kuchaytirdi.
Ukraina askarlarining bostirib kirishi xavfi ostida, DXR va LXR ma’muriyati ayollar, bolalar va keksalarni evakuatsiya qilishni boshladi. 19-fevral kuni ushbu respublikalar rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga DXR va LXR suverenitetini tan olishni so‘rab murojaat qilishdi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqida farmonni imzoladi.
24 fevral kuni esa, Vladimir Putin Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi - Ukrainani bosib olish emas, u yerdagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va Ukrainani millatchilardan tozalash, ekani alohida ta’kidlab o‘tildi. Rossiya prezidenti, shuningdek Ukraina harbiylariga alohida murojaat qilib, qo‘mondonlikning jinoyatkorona buyruqlarini bajarmaslikni, qurollarini topshirib, jangdan voz kechishni taklif qildi.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q. Qurolini topshirayotgan Ukraina harbiylariga hurmat bilan munosabatda bo‘linmoqda.
Ayni damda Ukraina hududida asosan millatchi guruhlar qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular artilleriya qurollaridan DXR va LXR hududlarini o‘qqa tutishmoqda. Kiyevda millatchilar reaktiv o‘qotar qurollar va gaubitsalarni ko‘p qavatli binolar orasiga joylashtirib, tinch aholidan "tirik qalqon" sifatida foydalanmoqda.
Undan tashqari Kiyev va boshqa shaharlarda aholiga o‘qotar qurollar nazoratsiz tarqatilmoqda. Buning oqibatida bir necha baxtsiz hodisalar ham sodir bo‘ldi.