Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lukashenko: Ukraina mojarosi – G‘arb siyosatining natijasi

Belarus yetakchisi Ukrainadagi mojaro bu G‘arbning o‘ylamay qilgan siyosatining oqibati ekanini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Ukrainadagi mojaro bu G‘arbning o‘ylamay qilgan siyosatining oqibatidir, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Bu haqda u respublika Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida ma’lum qildi.
“Hozirgi vaziyat, bu qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, G‘arbning boshqalar xavfsizligi zarariga o‘z manfaatlarini o‘tkazishga qaratilgan bemulohaza siyosatining natijasidir”, - dedi Lukashenko.
Belarus rahbari Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi boshlanishidan oldin Minsk Kiyevga Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rtatishni taklif qilganini ta’kidladi, ammo bu taklif e’tiborga olinmagan.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
G‘arb Rossiyaga ortdan zarba berish rejasini ishlab chiqqan – Lukashenko
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.