Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi

Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidan ketdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning 28-fevralida Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qolgan.
"Bu qarorni adolatsiz deb bilaman. Jazo choralari sha’nim, qadr-qimmatim va ishchanlik obro‘yimga putur yetkazuvchi yolg‘on ayblovlar to‘plamidir. O‘z sha’nim va obro‘yimni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman. Shu tariqa adolat qaror topmaguncha, FIE prezidenti sifatidagi vazifamni to‘xtataman", — deb yozgan Usmonov o‘z murojaatida.
Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelayotgan edi. U 2012, 2016, va 2021 yillarda federatsiya prezidenti lavozimiga qayta saylangan.