Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xitoy Rossiyaning SWIFTdan uzib qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamadi

Pekin sanksiyalardan mojarolarni hal qilish vositasi sifatida foydalanishni ma’qullamaydi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin brifingda.
Sputnik
Pekin sanksiyalardan mojarolarni hal qilish vositasi sifatida foydalanishni ma’qullamaydi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin brifingda.
“Xitoy muammolarni hal qilish uchun sanksiyalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlamaydi, ayniqsa xalqaro huquqda hech qanday asosga ega bo‘lmagan bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqadi”, - diplomat Xitoyning Rossiyani SWIFT’dan uzib qo‘yish pozitsiyasi haqidagi savolga javob berdi.
Shuningdek, u AQShdan Ukraina masalasini hal qilishda Xitoy va boshqa tomonlarning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslikni talab qildi.
G‘arb davlatlari yaqin kunlarda Rossiyaning ayrim banklarini SWIFT’dan uzib qo‘ymoqchi – YeI bu qarorni allaqachon kelishib oldi, u Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Donets va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olish haqidagi farmonlarni imzolagani, 24-fevralda esa Ukrainani qurolsizlantirish va neonatsistlarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlanganidan keyin AQSh va uning hamkorlari Moskvaga qarshi joriy etayotgan yangi sanksiyalar paketidagi choralardan biridir.