TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent vaqti bilan taxminan 17:15 da Polshaning Katovitse shahridan “Uzbekistan Airways” AJ maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan uchib ketdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.
Perviy reys s evakuirovannimi s Ukraini uzbekistansami viletel v Tashkent
© Press-slujba MID Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, ular orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli sohalar xodimlari bor.
Ayni paytda "Karchova" nazorat-o‘tish punktida Ukrainaning Lvov shahridan kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘planish nuqtasi tashkil etilgan. Shu munosabat bilan, bugun kun davomida o‘zbekistonliklarni olib ketish uchun yana bir maxsus samolyot tashkil etiladi.
Perviy reys s evakuirovannimi s Ukraini uzbekistansami viletel v Tashkent
© Press-slujba MID Uzbekistana
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, ikkinchi samolyot Toshkentdan parvoz qilgan va Polshaga mahalliy vaqt bilan 17.00 (Toshkentda 21:00) da yetib borishi kutilmoqda.
Fuqarolarni Lvovdan "Krakoves" nazorat o‘tkazish punktiga yetkazishni tezlashtirish uchun 7 ta avtobus ijaraga olingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari Vatanga uyushgan holda qaytishi uchun Lvov shahriga kelishda davom etmoqda.