Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi Ukrainada 1114ta harbiy obyektni yo‘q qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilmasining 1114ta obyektini yo‘q qildi.
Sputnik
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilmasining 1114ta obyektini yo‘q qildi, dedi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
“314ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 57ta reaktiv raketalar, 121ta dala artilleriyasi va minomot, 274ta maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, DXR va LXR hujumga o‘tib, yangi aholi punktlari nazoratga olinmoqda.
Rossiya aviatsiyasi butun Ukraina ustidan havo ustunligiga erishdi. Rossiya bo‘linmalari Berdansk va Energodar shaharlarini o‘z nazoratiga oldi.
Shuningdek, Rossiya kuchlari Zaporoj atom elektr stansiyasi atrofini qo‘riqlamoqda va nazorat qilmoqda. Stansiya xodimlari ishlashda davom etmoqda, radioaktiv fon normal darajada.
“Kiyevda talonchilar va millatchilarning qurolli to‘dalari o‘zboshimchalik bilan zo‘ravonlik qilmoqda, bu Ukraina hukumatining aholiga nazoratsiz qurol tarqatish bo‘yicha jinoiy qarori natijasidir”, - dedi RF mudofaa vazirligi vakili.