TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Hamkorbank “Sberbank Onlayn” orqali pul o‘tkazmalariga xizmat ko‘rsatishni tikladi
Bu haqda bugun bank matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 25-fevralda boshlangan texnik ishlar to‘liq yakunlandi.
“25.02.2022 yil kungi texnik ishlar to‘liq bartaraf etilganligi sababli "Sberbank Onlayn" ilovasi orqali yuborilayotgan o‘tkazmalarni Hamkorbank plastik kartalariga kirim qilish imkoniyati – qayta tiklandi”, - deyilgan xabarda.
Bugun "Ipak yo‘li" bankida Sberbank ilovasi orqali yuborilgan pul o‘tkazmalarini qabul qilish to‘xtatilganligi e’lon qilingandi.