Yevropa ustidan kulayotgan genotsid

Genotsid haqidagi dalillar sakkiz yil davomida erkin va zamonaviy dunyoning inson huquqlari bo‘yicha barcha institutlariga muntazam ravishda topshirib kelingan.
Sputnik
“Menga o‘t qo‘yishdi - tushunishimcha, gorelka bilan, boshimda xaltacha bor edi. Meni qo‘llarimdan osib qo‘yishdi, chandiqlari hali bitmadi, o‘ng qo‘limni his qilmayapman. Qovurg‘am haligacha og‘riyapti. Oyoqlari bilan do‘pposlashardi, qo‘llarimni orqaga mahkamlab qo‘yishardi, barmoqlarimga granata doirasini bog‘lab, agar qimirlasam, granata doirasi tortilib, men portlab ketardim.
“Tibbiyot xodimlaridan yaralarni bog‘lash vositalarini va dori-darmonlar, oziq-ovqat va ko‘rpa-to‘shaklarni tortib olishdi. Hamshiralarni zo‘rlashdi va otib tashlashdi, yaradorlarning yoniga qo‘riqchilar qo‘yib va to‘rt kun davomida ularning oldiga hech kimni qo‘yishmadi. Yaradorlarning aksariyati vafot etdi, qolganlarini daroga uloqtirishdi. Mahalliy aholiga o‘liklarni tozalashni taqiqlab qo‘yishdi”.
“Meni uch-to‘rt kishi bo‘lib do‘pposlashdi, elektroshoker bilan jarohatlashdi, qopga solib tiz cho‘ktirishdi, qulog‘imga yaqin qilib o‘q uzishdi, keyin ularning komandirlari keldi, hammamizni qayoqqadir olib ketishdi. Qandaydir nishon chuquriga solishdi, qo‘llarimizni kishanlashdi. Men o‘tirolmasdim, turolmasdim, ya’ni men zanjirga osilib qolgandim, chunki qovurg‘alarim va barmoqlarim singan edi”.
"Stalino shahrida nemis bosqinchilari professorlar uyi aholisini omborga haydab, kirish eshigini to‘sib qo‘yishdi. Omborga yonuvchi modda sepib, hammasini yoqib yuborishdi. Ombordagi barcha odamlar, tasodifan qochib ketgan ikkita qizdan tashqari, yonib ketdi”.
“Ular akkumulyator simlarini qo‘limga tutishdi, ustimdan suv quyishdi va elektr toki bilan urishdi. Hushimni yo‘qotdim. Ustimdan suv quyishdi va birozdan keyin yana so‘roq qilishdi".
“...boshimga qop kiygizishdi,yerto‘laga olib ketishdi, qo‘limni kishan bilan radiatorga bog‘lab, cho‘zishdi. Qo‘llarim qotib qoldi, chunki bu uch kun davom etgan edi”.
“Yaradorlarga... olti-sakkiz kundan beri ovqat berishmadi va sovuqda ham, yomg‘irda ham ochiq chuqurlarda ushlab turishdi. Mahbuslar chuqurlardan birida gulxan yoqishga harakat qilgandi. Fashistlar ularga qatara granata uloqtirishdi va jasadlarni yig‘ishtirib olishni ham man qilishdi”.
Diqqat, endi savol: qaysi iqtibos qaysi tarixiy manbadan olinganligini osongina aniqlay olasizmi?
Variantlar:
- Ukraina bosh harbiy prokurori Anatoliy Matiosning “Shuster LIVE” efiridagi nutqi;
- "SSSR NKVD 1-boshqarmasidan Sovet Axborot burosi boshlig‘i o‘rinbosari S. A. Lozovskiyga yuborilgan 1941-yil 21-noyabrdagi SSSRning bosib olingan hududlarida fashist qo‘shinlarining vahshiyliklari to‘g‘risida ma’lumot" hujjati;
- shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘yicha xalqaro jamoatchilik axborot guruhi (IGCP) tomonidan Ukrainadagi fuqarolik to‘qnashuvi paytida harbiy asirlar va tinch aholi qiynoqlari to‘g‘risidagi hisobot;
- SSSR Bosh prokurori yordamchisi L.N.Smirnovning Nyurnberg sudlarida ayblanuvchilarning tinch aholiga qarshi jinoyatlari-nemis bosqinchilarining Vazma, Gjatsk va Sichevka shaharlaridagi dahshatlar, Smolensk va Kalinin viloyatining Rjev shahri va Stalino shahrida odamlarning yoqib yuborilishi kabi vahshiyliklari haqidagi nutqidan parcha.
Shu joyda boshqa bir o‘quvchi deydi: targ‘ibot! Aralashtirishga haqqingiz yo‘q. Ammo Donbassdagi genotsid haqidagi dalillarni uch kun ichida o‘rganishlar va nihoyat asosiy urg‘uga ega bo‘ldi. O‘quvchi, o‘zingiz bir sinab ko‘ring, tavakkal qilib ko‘ring! Ha, to‘g‘ri - genotsid. Bu esa ertami kechmi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi.
Genotsid haqidagi dalillar sakkiz yil davomida erkin va zamonaviy dunyoning inson huquqlari bo‘yicha barcha institutlariga muntazam ravishda topshirib kelingan. Va ular doimiy ravishda e’tiborga olinmay kelindi. Ukrainadagi ruslarning genotsidi haqidagi haqiqat deyarli hech kimga manfaatli va kerak emas. Na Ukraina rasmiylariga, na Yevropa, na Amerikaga. Va hatto rus ekanligidan uyalayotgan ayrim ruslarga ham.
Bu haqiqat, BLM shiori ostida yoki butun dunyoning kamalak rangdagi bayroqlari uchun ruxsat etilgan kurashdan farqli o‘laroq, burjua qulayligi va shaxsiy brend uchun juda xavflidir. Bu haqiqat Ukraina postmaydan rejimining chin jinoyatlarini yashirib turgan karton dekoratsiyasini yirtib tashlaydi. U yomonlik va yaxshilik tomonlariga baho berishni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Va bungaesa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Rossiya yovuzlik tomoni sifatida qaralmoqda. Hozir emas, 2014-yildan ancha oldindan beri.
Lekin bu yerda ham rostini aytmoqchiman: gap nafaqat bizning “g‘arblik hamkorlarimiz” va ularning hamfikrlari haqida emas – va bu haqiqat biz uchunham juda og‘ir va noqulay edi. Kim hayot va o‘lim haqidagi qayg‘uli yangiliklar sahifalarini kuzatar edi? Albatta bunga kasbiy vakolatlari bo‘lgan front muxbirlari va tergovchilardan istisno tarzda. Kim?
Albatta, ko‘pchilik Gorlovka Madonnasining o‘ldirilishi haqida bilar edi, o‘ldirilgan sakkiz oylik chaqaloq bilan snarad tufayli parcha bo‘lib ketgan yosh ayol Kristinaning fotosurati butun Runet bo‘ylab tarqaldi. Va Odessa haqida, albatta, ular ham batafsil bilishgan edi. Kuygan go‘sht bo‘laklari, jonsiz homilador ayollar, zo‘rlanganlar odamlar murdalari, inson tanasining yongani, kullari.
Ammo kim bu guvohliklarni batafsil o‘rgandi? Sakkiz yil davomida Donbassda ukrainalashtirishga rozi bo‘lmaganlarni har kuni qatl qilish amalga oshirildi, ammo bu azoblar butun Rossiya jamiyati haqiqatining ajralmas qismi emas edi. Va bundan ham ko‘proq – ukrain xalqining ham.
“Qovurilgan Koloradlar”, “sjech vatku” (paxtani yul) – mana milliy yo‘naltirilgan jamoatchilikning javobi. Bu Ukrainada. Rossiyada esa Donbassdagi ruslar haqiqiy, gumanitar ma’noda qurbon bo‘lgani haqida gap ketsa, birdan "xochga mixlangan bola" haqidagi kinoya boshlanadi. Ruslarmi? Qurbonlarmi? Qo‘ysangizchi. Bularning barchasi tashviqot va feyk. Yoki dalildan qochib qutulib bo‘lmasa vijdonli omma uyatsizlikni his qilmaslikka o‘tishdi: “o‘zlari aybdor”, “o‘zlari o‘zlarini kuydirib yuborishdi” va “biz aralashmasligimiz kerak edi”. G‘arb Donbassdagi rus bolalar uchun bir tiyin ham bermagandi, demak, bunday mavzu yo‘q.
Endi, boradigan joy qolmaganida, Ukraina rasmiylari genotsid mavzusini targ‘ib qila boshladi. Faqat Rossiyaning aybi bilan. “Ilg‘or hamjamiyat” uni targ‘ib qilishni qanchalik tez boshlashi mumkin? Menimcha, aynan hozirdan. "Bu boshqacha" tamoyili bo‘yicha. Sakkiz yildan beri media sohasida ishlayotgan harbiy tashviqotning jangovar prinsipi.
Lekin savol bu omma uchun emas, balki o‘zimizga: nega bizning o‘zimiz bu haqida har kuni shaxsiy dardimizdek gapirmadik? Biz Rossiyaning ko‘pchilik fuqarolari kabi. O‘zim uchun javobni bilaman: chunki hech narsa qilish mumkin emas edi va har kuni bu dahshatdan azob chekkan holda yashash mumkin emasedi.
Shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘yicha xalqaro jamoatchilik axborot guruhi (IGSP) vakili Maksim Vilkovning aytishicha, u va bir guruh tarixchilar bu dalillarni 2014-yil, Maydan voqealari boshlanganidan beri to‘plashgan va hukumat organlariga millatchilik va neonatsist e’tiqodlarga bo‘ysunuvchi odamlar kelgani vaqt ma’lum bo‘lgan. Otishmalar, bosqinlar, qiynoqlar, qotilliklar, talon-tarojliklarning video va og‘zaki dalillarini tarixchilar o‘zlari to‘plashadi yoki respublikalardan yuborishadi. Sakkiz yildirki, guruh ushbu hujjatlar bilan xalqaro platformalarga, birinchi navbatda, BMT va YXHTga kirib kelmoqda.
Gap Donbass haqida ketayotgan bo‘lsa, rossiyalik tarixchilarning nima keragi bor? Mushtariyimizda shunday savol paydo bo‘lishi mumkin. Yana tashviqotmi? Ammo LXR va DXR vakillari bu hujjatlarni o‘zlari ko‘rsata olishmagani uchun, -bilasizmi?- chunki ularning Yevropaga kirishiga ruxsat berilmagan. Garchi ozod Yevropa boshqa holatlarda tan olinmagan davlatlarni tark etish masalasini mukammal hal qilsada. Aytaylik, turkning Kipr fuqarolari o‘z davlatlarining pasporti bilan birga Yevropa Ittifoqi pasportiga ham ega - tan olingan Janubiy Kipr fuqarolari sifatida, chunki hech kim uni bo‘lingan deb tan olmadi. Mana sizga paradoks. Biroq turk-kiprliklarning haq-huquqlari poymol qilinmagan. Kipr turklarining huquqlari buzilmadi, Laos va DXRdagi ruslar va ukrainlarniki esa - ha.
Bu vaqt davomida Guruh BMT va Inson huquqlari kengashining inson huquqlari bo‘yicha deyarli har bir tadbirida, Inson huquqlari qo‘mitasi, Qiynoqlarga qarshi qo‘mita, Irqiy kamsitishlarga qarshi qo‘mita, Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar qo‘mitasi ishlarida ishtirok etdi, YeXHT Demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha burosi bilan hamkorlik qildi. Hisobotlar yuborildi, hujjatlar keltirildi.
Yevropa tashkilotlari qo‘mita hisobotlariga jinoyatlar haqidagi ma’lumotlarni rasman kiritishi va Ukrainadan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishi mumkin edi. Biroq, biz bilganimizdek, Ukrainaga ta’sir o‘tkazishga urinishlar bo‘lmagan. Aksincha.
“O‘ylaymanki, bizning vazifamiz qisman bajarildi, hech bo‘lmaganda biz xalqaro maydonlarda faqat Rossiyaga qarshi ovoz chiqmasligiga ishonch hosil qildik, shunda bu masalalar hech bo‘lmaganda muhokama qilinadi”, - deydi Vilkov.
Taqdim etilgan hujjatlar Yevropa barchasidan xabardor ekanligiga dalil bo‘lib xizmat qiladi. Donbassdagi harbiy va genotsid jinoyatlariga nisbatan bepisandlik, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi milliy adolat imkoniyatlari tugamagan deb hisoblab, LXR va DXR fuqarolarining hech qanday arizalarini qabul qilmaganligidadir. Amalda bu quyidagilarni anglatadi: qiynoqlar, qotilliklar, otishmalar qurbonlari haqida ularni amalga oshirayotgan tomonga shikoyat qilishlari kerak. LXR va DXR fuqarolariga boshqa tomondan har qanday usullarni qo‘llash mumkinbo‘lgan separatistlarsifatida qaraladi. Yopiq doira. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida xavf ostida bo‘lgan davlat fuqarolaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri arizalarni qabul qilish amaliyoti mavjud, bunday misollar bo‘lgan. Ammo yanao‘sha, bu DXR va LXR rezidentlariga taalluqli emas.Ya’ni ular odamlarning boshqa sorti, shundaymi? Nimalarnidir esga soladi, shunday emasmi? Ha, to‘g‘ri, bundan 77-yil avval Yevropada xohlagan narsani qilishingiz mumkin bo‘lgan huquqiy doiradan chetda qolgan xalqlar bo‘lgan. Gumanistlarning butunlay befarqligi sabab. Yahudiy qochqinlarini Amerika qirg‘oqlaridan Yevropaga qaytarib, halok bo‘lish uchun yuborishgan edi.
Hozirda genotsidning aniq epizodlari bo‘yicha Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Xalqaro jinoiy sudga topshirish uchun qonuniy rasmiylashtirilgan arizalar tayyorlanmoqda. Donbassdagi genotsid haqida bir qator ma’ruzalar e’lon qilinadi va YeXHTning Vena shahrida 14-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan navbatdagi tadbirida taqdim etiladi. Shunga umid qilamiz.
Huquq himoyachilari bu ishni Rossiya huquq-tartibot idoralari, shuningdek, DXR va LXR bilan parallel ravishda amalga oshirmoqda.
Garchi tarixda bunday vaziyatda yaxshi qo‘llaniladigan tajriba bor, qachonki jamoatchilik tergov organlari bilan birgalikda harakat qilganda. Gap fashistlarning ozod qilingan hududlardagi jinoyatlarini tergov qilgan ChGK Favqulodda Davlat komissiyasining ishi haqida bormoqda. Komissiya okkupatsiyaning eng og‘ir davrida, 1942-yilda ishlay boshlagan, bo‘lajak sud jarayonlari uchun dalillar to‘plagan. Bobolarimiz o‘z ishlarining ustalari bo‘lishgan.
Ular jamoat tergovchilari kabi ishladilar. Bir necha yillar davomida markaziy va hududiy komissiyalar a’zolari fashistlarning jinoyatlarini qayd etishdi - shaxsan, tom ma’noda ushbu qatl ariqlarida tizzagacha turib, buzilgan va chirigan jasadlarni saralashgacha bo‘lgan jarayonlarda. Bunday komissiyaning maqsadi nima edi? Joyga kelib tekshirish, aniqlash, guvohlarni so‘roq qilish, tergovga hujjatlarni topshirish -
Bu tajriba universal bo‘lgan va, afsuski, unga yana talab bor.
ChGK ishi G‘alabadan ancha oldin, kimning kimligi noma’lum bo‘lgan paytda boshlangan. Ammo sudlar bo‘lib o‘tishiga va faqat materiallarni yig‘ish kerakligiga ishonch nafaqat katta edi - balki temir-betondek mahkam ishonch edi. ChGK a’zolari ma’rifiy, targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullangan.
Biroq xolislik uchun ayrim kishilar jazolandi. "Shaxtar" (keyinchalik "Donbass" deb qayta nomlangan) va "Aydar" batalonlari rahbariyati. Ularning jinoyatlari Amnesty Internationalkabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari e’tiboriga tushganligi sababli sodir etgan jinoyatlari haqidagi ma’lumotlar G‘arbda chop etilgan. Va ular qamaldi.
Mana Ukrainadan kechagi xabar: “Harbiy holat davrida mamlakatni himoya qilish istagini bildirgan sobiq harbiylar ozodlikdan mahrum qilish joylaridan va tergov hibsxonalaridan ozod qilinmoqda”. Ular orasida genotsidni sodir etganlar ham bor. Xususan, “Tornado” batalonining sobiq qo‘mondoni Ruslan Onishenko Rossiya armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun ariza yozgan. Uning jinoyatlari haqidagi ma’lumotlar keng tarqalgan. Aynan uning bataloni mahbuslarni masxara qilib, ularni bir-birini zo‘rlashga majbur qilgan. Shunday qilib, ular mudofaaga - Kiyev rejimining so‘nggi zaxirasiga kelishadi. Demak, bu yerda xomxayollarga o‘rin yo‘q.
Afsuski, fashistlarni jazolay olgan bobolarimizning sarmoyasini sovurib bo‘lganmiz. Biroq, ajdodlarning o‘zlari ham o‘ta qaysar, g‘oyaviy shafqatsiz ukrain natsizmini butunlay yo‘q qila olmagan edi. Ajdaho urug‘lari yana o‘sib chiqdi.
Ukrainaga va’da qilingan millatchilikni bartaraf qilish o‘zining yakuniy nuqtasida tarixiy tajribaga asoslangan holda, keng, shaffof, batafsil, raqobatbardosh ochiq jarayonlarni turli mamlakatlar jurnalistlari ishtirokida, ko‘plab dalillar, hisobotlar, jonli efirlarni o‘z ichiga oladi. Bizda hali ham buyuk rejisserlar va buyuk qalamlar borku. Bobolarimizniki bor edi. Erenburg ham, Karmen ham, Tvardovskiy ham. Bu yerda shaxslar bo‘lishi kerak.
Nyurnbergni eslaymiz. Biz butun haqiqatni iloji boricha qattiqroq ko‘rsatishimiz kerak, shunda dunyo bir paytlar 1946-yilda larzaga kelgandek titraydi. Endi boshqa variant yo‘q.
Ammo sudgacha hali ko‘p yo‘l bor. Biz nemis fashizmiga qarshi ittifoqchi bo‘lganimizda ham, G‘arb yetakchilari unchalik sudni istamagan edi. Ular fashistlar rahbarlarini imkon qadar tezroq, o‘zlari qilgan hamma narsani batafsil tahlil qilmasdan qatl qilmoqchi edilar, ammo hozircha asosiy narsa foydali natsistlarni o‘zlariga o‘tkazib olish: balki bir kun kerak bo‘lib qolar. Va kerak bo‘ldi ham. Kanadaga olib ketilgan ukrain millatchilari xuddi shu mafkurada yangi avlodlarni tarbiyaladilar, keyin esa bu ajdaho tishlari postsovet Ukrainada ham ekildi.
Hozir vaziyat o‘sha paytdagidan ham battar: genotsid mavzusi ommaviy axborot vositalarida yolg‘onlarga aralashib ketgan. Biroq, jinoyatchilarning usullari hamon o‘sha-o‘sha.
Nyurnbergda lagerlarda va bosib olingan hududlarda sodir bo‘lgan jinoyatlar haqida Roman Karmen tomonidan front operatorlarimiz yilnomasidan montaj qilingan filmni namoyish qilindi. Sud zali shok holatga tushgan edi va Gering shunday dedi: “Ruslar nima desin va ko‘rsatmasin, men ularga ishonmayman va ishonishni istamayman ham. Ular endi bizga qilgan vahshiyliklarini tiqishtirishga harakat qilmoqdalar”.
Tanish jumlalarmi? Albatta, ha. Xuddi o‘sha ritorika.
Zelenskiy Gaagada Rossiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atadi va sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb atadi. Haqiqat uchun urush endi boshlandi. Ko‘p narsa xavf ostida, jumladan, ko‘p yillar davomida Ukrainadagi genotsid jinoyatlarini yashirgan jamoaviy Yevropa-Amerika xalqaro burokratiyasining obro‘si ham. Bizga ittifoqdoshlar topiladimi? Ehtimol bor, boshqa qit’alarda.
Donbassda, Odessada va Ukrainaning rus va rusiyzabon fuqarolari tili, e’tiqodi va qarashlari uchun ta’qib qilingan hamma joyda genotsid aybdorlarini jazolash - bu boshqa hech kim hal qilib bo‘lmaydigan vazifadir. Munosabatlarimizning asosiy masalasi. Rossiyada uzoq yashash kerak. Va Ukrainada ham.