Belarusda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Uchrashuv aniq joyi ochiqlanmagan, ammo u Pripat darosida joylashgani ma’lum.
Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Davlat dumasi deputati Leonid Sluskiy va Belarusdagi elchi Boris Grizlov ishtirok etmoqda.
Ukraina delegatsiyasi tarkibida “Xalq xizmatkori” partiyasi raisi David Araxamiya, mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov, prezident ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak, uch tomonlama aloqa guruhidagi Ukraina delegatsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Andrey Kostin, Xalq deputati Rustem Umerov va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nikolay Tochiskiy.
Muzokaralarda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik Belarus.