TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Texnik sabablarga ko‘ra "Ipak yo‘li" banki tomonidan orqali "Unistream" pul o‘tkazmalarini jo‘natish va qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi.
Ofis banklarida "Western Union", "MoneyGram" va “Zolotaya Korona” tizimlari odatdagidek tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, “Sberbank Onlayn” orqali jo‘natilgan o‘tkazmalarni bank kartalariga kirim qilish ham vaqtincha to‘xtatildi.
O‘tgan hafta “Hamkorbank” “Sberbank Onlayn” ilovasi orqali jo‘natiladigan mablag‘larni qabul qilishni vaqtincha to‘xtaganini ma’lum qildi.