Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlandi

Birinchi guruh Lvov shahridan Polsha bilan chegaradagi "Krakoves" nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tib keladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan Polsha chegarasiga qarab yo‘lga chiqdi. Bu haqda mamlakatning Ukrainadagi elchixonasi xabariga tayangan holda TIV rasmiy vakili ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, kecha Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da 90 nafardan ziyod o‘zbekistonliklardan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvov shahridan Polsha bilan chegaradagi "Krakoves" nazorat-o‘tkazish punktiga qarab yo‘lga chiqqan.
Chegarani kesib o‘tish O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hududida 4300 ga yaqin mamlakat fuqarosi bor.