TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Toshkentda “Spark” avtomobili metro bekatidan chiqayotgan piyodani urib yubordi va bekat ichiga kirib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 26-fevral kuni soat taxminan 23:30 larda ro‘y bergan. 28 yoshli “Spark” haydovchisi M.N. Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Universam aylanma yo‘li tomonga harakatlanayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotgan. Buning natijasida “Shahriston” metro bekatidan chiqayotgan 21 yoshli piyoda B.D.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida haydovchi, piyoda va mashinadagi yo‘lovchi jabrlangan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki surishtiruv harakatlari olib bormoqda.