TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomoni bilan muzokaralar uchun Belarusga keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Erishilgan kelishuvga muvofiq, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar, jumladan, prezident ma’muriyati vakillaridan iborat Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Belarusga yetib keldi. Bu muzokaralarni Gomelda boshlashga tayyormiz”, - dedi Peskov.
Rossiyaning Ukrainaning harbiy inshootlari va istehkomlarini yo‘q (demilitarizatsiya) va uni natsizmdan tozalash (denatsifikatsiya) operatsiyasi 24-fevraldan buyon davom etmoqda. Juma kuni qo‘shinlar harakati Kiyev bilan ehtimoliy muzokaralarni kutish sabab to‘xtatilgan edi, biroq ukrain tomonining unda ishtirok etish bosh tortgani sabab qayta boshlangan edi.