TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
O‘yin Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada “sherlar” vakili Dragan Cheran uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga bexato joyladi.
"Paxtakor" ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi
© Foto: "Paxtakor" FK
Superkubokdagi uchrashuv jamoaning yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski uchun rasmiy debutga aylandi.
Hozirga qadar “Paxtakor” Superkubokda to‘rt bor maydonga tushib, faqat 2021-yilda g‘alaba qozongan. O‘shanda ham “sherlar” Dragan Cheranning yagona goli evaziga bu sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.